• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Mehridaryo

    “Bolamdan voz kechishni taklif qilishgandi” — Daun sindromi bilan tug‘ilgan farzandini boshqalardan kam qilmay kelayotgan ayol bilan suhbat (video)

    “Quyoshli bola...” Hamisha kulib turib, atrofdagilarga mehr ulashuvchi insonlar haqida eshitganmisiz? To‘g‘ri, ular boshqalarga o‘xshamaydi. Aslida ular sog‘lom, faqatgina genetik o‘zgarish sabab tashqi ko‘rinish va aqliy rivojlanishi boshqa insonlardan farq qiladi. 

    Loyihamizning navbatdagi qahramoni Asila G‘aniyeva, 55 yoshda. Uni hech ikkilanmay qahramon ayol deyish mumkin. Boisi, uning kenja farzandi Muhammadxon Daun sindromi bilan dunyoga kelgan. Ayol shifokorlik karyerasidan voz kechib, bor e’tiborini “quyoshli farzandi”ni rivojlantirishga qaratgan. Bolakay bugungi kunda inklyuziv ta’limda o‘qiydi, qo‘shiq aytishni va sport mashg‘ulotlariga borishni yoqtiradi. Bir so‘z bilan aytganda, u sog‘lom bolalardan kam emas. Kelajakdagi rejalari ham olam-jahon. 

    Foto: Asila G‘aniyevaning shaxsiy arxividan

    — O‘n bir yildan buyon o‘g‘lim Muhamadxon haqida mendan intervyu olishlarini kutgandim. Chunki bu farzandimning tug‘ilishi bir mo‘jiza bo‘lgan. 2012-yili kutilmaganda homilador bo‘lganimni bilib qoldim. Qirq uch yoshda bo‘lsam-da, Yaratgan bergan ne’matdan xursand bo‘ldim. Homiladorligim ham yengil o‘tdi, biror marta kasal bo‘lganim ham yo‘q. Tug‘uruq jarayoni ham ko‘ngildagidek o‘tdi, ammo shifokorlarning o‘zaro gap-so‘zlari e’tiborimni tortdi. Shifokorlar farzandim Daun sindromi bilan tug‘ilganini aytishganida turmush o‘rtog‘im bilan shok holatiga tushdik. Bo‘lishi mumkin emas, deb ishonmadim. Shifokorlar turmush o‘rtog‘imga boladan voz kechishni va uni mehribonlik uyiga topshirishni maslahat berishdi. Ammo turmush o‘rtog‘im rad javobini berdi. “Ertaga Allohning oldiga borganda nima deb javob beraman?” degani haligacha quloqlarim ostida jaranglaydi, — deydi Asila G‘aniyeva.

    “Quda-andalarim noto‘g‘ri tushunishmasmikan”

    Qahramonimiz boshqa farzandlarining kelajagini o‘ylab, biroz tushkunlikka tushgani va atrofdagi insonlarning “quyoshli bola”ga qanday munosabatda bo‘lishgani haqida esladi.

    Foto: Asila G‘aniyevaning shaxsiy arxividan

    — Baribir onaman, boshqa bolalarimni qanday qabul qilgan bo‘lsam, Muhammadxon ham men uchun ulardek edi. Ammo baribir ikkilanish va qo‘rquv bo‘lgan. Chunki uch nafar qizim bor. Ertaga qizlarimni uzatib, o‘g‘limni uylantirganimda qudalar noto‘g‘ri tushunishmasmikan, deb ikkilanganman. Ona bolasini qanday qabul qilsa, atrofdagilarning ham unga nisbatan munosabati shunday bo‘larkan. O‘g‘lim biror marta kamsitilgani yo‘q. Qaytaga, hamma uni yaxshi ko‘radi. 

    Foto: Asila G‘aniyevaning shaxsiy arxividan

    Shifokor bo‘lsam-da, tajribamda bunday bolalar bilan ishlamagan edim. Shu bois avvaliga uni qanday parvarishlash va ruhiy rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotim yo‘q edi. Internetdan rus maqolalari va kitoblarini o‘qidim. Avvaliga kech homilador bo‘lganim uchun farzandim shunday tug‘ildi, deb o‘zimni koyirdim. Ammo tajribada nafaqat yoshi katta ayollar, balki 18-20 yoshli onalar ham ilk farzandiga “quyoshli bolalar”ni dunyoga kelitirishlari mumkinligini ko‘rib, o‘zimni qo‘lga oldim. Balki biz ham turmush o‘rtog‘imiz bilan yosh bo‘lganimizda, Muhammadxonga fojiadek qarashimiz mumkin edi, — deydi Asila G‘aniyeva.

    “Farzandingizni jamiyatga olib kirishdan qo‘rqmang”

    Daun sindromi kasallik emas. Qahramonimiz o‘g‘lini dori-darmonlar emas, balki jismoniy va aqliy mashqlar bilan rivojlantirgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Asila G‘aniyevaning shaxsiy arxividan

    — Shifokor bo‘lganim bilan, nevropotologlar yozib bergan dorilarning ko‘pini bolamga ichirmaganman. Chunki xorijlik shifokorlar Daun sindromiga kasallik deb qarashmaydi. Ushbu sindrom bilan dunyoga kelgan bolalarda xromosomalar soni odatdagidek 46 ta emas, 47 ta bo‘ladi. Shu bois ular boshqa bolalardan kech yurishni, gapirishni va o‘qishni boshlashadi. Ammo o‘rgatilgan narsani kech o‘zlashtirsa-da, eslab qoladi. Shu bois oylik chaqaloqlik davridanoq bola bilan ishlash va uni jamiyatga olib kirishdan qo‘rqmaslik kerak. Farzandimni avvaliga maxsus bog‘chaga berdik. U yerda yaxshi qarashardi, ammo bolam boshqa tengdoshlariga taqlid qilib, duduqlanib gapirishga odatlandi. Shundan keyin sog‘lom bolalar boradigan bog‘chaga berdik. U boshqa bolalardan o‘rnak olib, ularning gapi va xatti-harakatlarini takrorlaydigan bo‘ldi. Hozir o‘g‘lim oddiy maktabning rus sinfida tahsil oladi. Rus tilida erkin gaplashadi, — deydi Asila G‘aniyeva.

    “Quyosh bolalarini dori emas, mashg‘ulotlar rivojlantiradi”

    Qahramonimiz o‘g‘lining qiziqishlari va kelajakdagi orzulari haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Asila G‘aniyevaning shaxsiy arxividan

    — O‘g‘lim darsdan tashqari maxsus logoped mashg‘ulotlariga, suzish va vokal darslariga qatnaydi. Chunki “quyosh bolalari”ni dori emas, mashg‘ulotlar rivojlantiradi. O‘g‘lim san’atga juda qiziqadi, rus va italyan tillarida qo‘shiqlar ijro etgan. Yaqinda vodiy bo‘ylab gastrol safarlarini o‘tkazdik. Bilishimcha, O‘zbekistonda bu sindrom bilan tug‘ilgan mingdan ortiq bola bor. O‘g‘lim qo‘shiq aytadi, “quyoshli qizchalar” esa raqsga tushishadi. Nasib qilsa, xorijga safar qilishni ham rejalashtiryapmiz, — deydi Asila G‘aniyeva.

    17.08.2023, 21:35   Izoh (0)   36245
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yolg‘iz o‘g‘limning sog‘ayishini istayman” — qashqadaryolik ona farzandini davolatish uchun xalqdan yordam so‘rayapti (foto)

    11.08.2023, 11:16

    “Akasi ukasiga bir buyragini bermoqchi” — farg‘onalik yigit operatsiyasi uchun xalqdan yordam so‘ramoqda (foto)

    04.08.2023, 09:00

    “Oqqon kasaliga chalingan qizimni davolatishga mablag‘imiz yetmayapti” — xorazmlik ona bolasi uchun xalqdan yordam so‘ramoqda (foto)

    28.07.2023, 11:16

    “Bolam uchun masjidda tilanchilik qilganman” — yetimlik, farzand dardi, erning mushti va uysizlik azobidan qiynalgan ayol qanday qilib baxtga erishdi? (foto, video...

    23.07.2023, 15:06

    “Paxta titish uskunasi o‘g‘limni qo‘lidan ayirgan, unga protez qo‘l o‘rnatishimiz kerak” — og‘ir sharoitdagi oila xalqdan yordam so‘ramoqda (foto)

    21.07.2023, 10:21

    “Boquvchimiz yurak operatsiyasiga muhtoj” — qashqadaryolik ayol turmush o‘rtog‘ini davolatish uchun xalqdan yordam so‘ramoqda (foto)

    14.07.2023, 10:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.