Hindiston shimolidagi Himachal-Pradesh shtatida kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi.
Qurbonlar orasida kamida to‘qqiz kishi shtat poytaxti Shimla shahridagi mashhur turistik zonada joylashgan ibodatxonaning qulashidan vafot etgan. Ibodatxona vayronalari orasidan besh kishi qutqarilgan, ammo 20-25 kishi tuzoqda qolmoqda, ularni olib chiqish ishlari davom etyapti.
“Marhumlarning jasadi topildi, mahalliy ma’muriyat vayronalarni tozalash uchun qattiq ishlamoqda”, — dedi shtat bosh vaziri Suxvinder Singx Suxuga.
Hindiston hukumati odamlarni uyda qolishga, daryolar va ko‘chki sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylardan uzoqroq turishga chaqirmoqda.
Himachal-Pradesh bu yilgi yomg‘irli mavsumda eng ko‘p zarar ko‘rgan shtatlardan biriga aylandi. Iyul oyida shtatda 30 dan ortiq odam toshqin va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lgandi.
Izoh (0)