Toshkentda 12-avgust kuni “Zakovat” o‘yinining sport versiyasi bo‘yicha I Osiyo ochiq chempionati start oldi.
Ikki kun davom etadigan yirik turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston,Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Belarus, Armaniston, BAA, Daniya, Isroil, Latviya, Germaniya, Kipr kabi 14 mamlakatdan 55 ta jamoa g‘oliblik uchun bellashadi.
Umumiy sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil qiladi. G‘olib jamoalar quyidagi miqdorda taqdirlanadi:
- 1-o‘rin: 100 million so‘m;
- 2-o‘rin: 60 million so‘m;
- 3-o‘rin: 40 million so‘m.
Zakovat o‘yinining birinchi Osiyo ochiq chempionati 2022-yilning yorqin voqealaridan biriga aylangan Markaziy Osiyo chempionati mantiqiy davomidir. Ochiq chempionat doirasida breyn-ring turniri ham o‘tkazilib, uning g‘oliblariga Chempionat kubogi topshiriladi.
Chempionat shou-dastur bilan yorqin taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi.
Ushbu chempionatning nomdor ishtirokchisi, Rossiyadagi “Chto? Gde? Kogda?” teleo‘yinidagi ishtiroki bilan tanilgan Denis Galiakberov O‘zbekistonda “Zakovat”ni ommalashtirishga hukumat darajasida e’tibor berilayotganini olqishladi.
Izoh (0)