Qashqadaryoning Kitob tumanida voyaga yetmagan qizlarni o‘g‘irlashda gumonlanayotgan erkak ushlandi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning “Qo‘shdaryo” MFY hududidagi do‘kon oldida notanish kimsa voyaga yetmagan qizlarni aldab chaqirib, ularni o‘g‘rilab ketishga uringan. Bu holat do‘kon oldida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasida ham aks etgan. Do‘kondan uzoqlashgach, erkak o‘ldirish bilan qo‘rqitib, qizlarni o‘zi bilan ketishga undagan. Xususan, bu holatga tushgan 10 va 12 yoshli ikki qiz undan qutilib qolishga erishgan va bu haqda ota-onasiga aytib bergan.
Erkak shunday harakatlarning birida mahalla raisi va mahalla faollari tomonidan qo‘lga olinib, Kitob tumani IIBga topshirilgan. Hozirda tuman IIB tomonidan surishturuv harakatlari olib borilmoqda.
Xabarda erkak ruhiy nosog‘lomligi aytilmoqda.
Izoh (0)