• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Propiskasiz yaxshi ishga joylasholmaganman” — ijara azobini tortgan, 15 000 dollar mukofot olgan va kursdoshi bilan oila qurgan Yulduz Turdiyeva 38 yoshda (foto, video)

    Taniqli xonanda Yulduz Turdiyevaning bugungi moliyaviy sharoiti havas qilgudek. Chunki muxlislar uni qimmatbaho mashina va hashamatli uyda ko‘rib o‘rgangan. Ammo xonanda ham bir necha yillar oldin ijara uyda yashab, bu kunlarni orzu qilganini yashirmaydi. 

    “Qo‘rqoq qiz bo‘lganman”

    Yulduz Turdiyeva 1985-yili Buxoro viloyatida dunyoga kelgan. Oilasida san’atkorlar yo‘q bo‘lishiga qaramay, u bolalikdan maqom qo‘shiqlariga qiziqqan. Xonanda bolaligi bilan bog‘liq voqealarni quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Erka qiz bo‘lganman, ota-onam nima desam ham, yo‘q deyishmasdi. Ammo nihoyatda qo‘rqoq bo‘lganman. Hatto maktabga ketayotganimda yo‘limdan mushuk chiqib qolsa ham, qo‘rqib uyga qaytib kelardim. Bu odatlar haligacha saqlanib qolgan. Shu bilan birga, nihoyatda mehribon va qo‘li ochiq qiz bo‘lganman. Onam uyimiz yonida kichik do‘koncha ochgan. U yerda shokolad, pechenye kabi mayda-chuyda shirinliklar ham sotilardi. Ularni olib, sinfdoshlarimga tarqatardim. Onam “Shuncha shokolad qani? Nima qildinglar?” desa, indamay turaverardim, — deydi xonanda Yulduz Turdiyeva.

    “15 yoshimgacha onam yonimda bo‘lgan”

    Yulduz Turdiyevaning san’atkor bo‘lishiga qarshiliklar bo‘lgan. Ammo uni birinchi navbatda ota-onasi qo‘llab-quvvatlagan.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — San’atkor bo‘lsa, unday, bunday bo‘ladi, degan gap-so‘zlar hamisha bo‘lgan. Shu bois yaqinlarim hamisha atrofimda bo‘lishga, yomon niyatli odamlardan himoya qilishga harakat qilishgan. O‘n besh yoshimga qadar onam hamisha men bilan birga bo‘lgan. Hech bir tadbir yoki ko‘rik-tanlovga yolg‘iz yuborishmasdi. Keyinchalik bu vazifani akam bajargan, hozirgi kunda esa turmush o‘rtog‘im men bilan birga, — deydi xonanda.

    “Ustozimning o‘g‘liga ko‘ngil qo‘yganman”

    Xonanda turmush o‘rtog‘i bilan san’at kollejida o‘qigani va qaynotasidan tahsil olgani haqida so‘zlab berdi. 

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Turmush o‘rtog‘im bilan tengdoshmiz, u bilan Buxoro san’at kollejida birga o‘qiganmiz. Qaynotam ikkimizga ustozlik qilgan, keyin Buxorodan birga Toshkentga kelib, O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga hujjat topshirganmiz. Men qo‘shiq aytardim, turmush o‘rtog‘im esa dovul chalardi. Ammo hech qachon bu inson bilan oila qurishim haqida o‘ylab ko‘rmaganman. Ikkinchi kursda o‘qiyotganimda menga bo‘lgan munosabatlari o‘zgarayotganini sezib qolganman. Kursdoshlardan rashk qilishni boshlagan. Yozgi ta’til kunlari men Toshkentda qolardim, u qaynotam bilan to‘y xizmatlariga chiqish uchun Buxoroga ketardi. Ikki oy men uchun nihoyatda og‘ir o‘tganini his qilardim. Chunki Ulug‘bek eng yaqin kursdoshim va himoyachim edi. Xullas, ustozimning o‘g‘liga ko‘ngil qo‘yganman, — deydi Yulduz Turdiyeva. 

    “Qishda oynasiz ijara uyda yashaganmiz”

    Yulduz Turdiyeva turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtahol oilada kamol topishgan. Bundan tashqari, o‘sha yillari Toshkentda doimiy ro‘yxatda turmagan insonlarning yaxshi ishga joylashishi ham muammo edi. Xonanda hayotidagi eng og‘ir kunlarni quyidagicha eslaydi. 

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Turmush o‘rtog‘im bilan Toshkentga kelganimizda hech narsamiz yo‘q edi. Ishonasizmi, bir yil ichida 10 ta ijara uyda yashashimizga to‘g‘ri kelgan. Sharoiti yaxshisining puli to‘g‘ri kelmasdi. Yoki puli to‘g‘ri kelganining sharoiti qoniqarsiz darajada bo‘lardi. Birinchi qavatdagi deraza oynasi yo‘q xonadonda yashaganimiz hech esimdan chiqmaydi. Kimdir kirib kelsa, nima qilaman, deb tong otgunga qadar uxlolmasdim. Hatto bunday ijara uyga o‘g‘limni olib kelishga qo‘rqib, uni qaynonamga tashlab kelgandim. U paytlarda propiskasizlarni yaxshi ishga olishmasdi. Shu bois turmush o‘rtog‘im bilan ishga joylashishga qiynalganmiz. Hatto qoniqarsiz darajadagi uyni ijaraga olishga ham pulimiz qolmagandi. O‘shanda turmush o‘rtog‘imning do‘stlaridan birining bir xonali uyiga ko‘chib o‘tgandik. U uyda o‘ndan ortiq kishi yashab, bitta qozondan ovqat yerdik, — deydi xonanda Yulduz Turdiyeva.

    “Meni g‘oliblikka undagan his — ona mehri”

    Ijara uydagi sharoit sabab bolasidan ayro yashashga majbur bo‘lgan xonanda xalqaro musobaqaga katta miqdordagi mukofot puli qo‘yilgani haqidagi xabarni o‘qib qoladi. Onalik mehri uni tanlovda ishtirok etish va g‘alaba qozonishga undaydi. 

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Bolamni sog‘inib yurgan paytimda Ozarbayjonda o‘tkaziladigan Baynalxalq mug‘om festivali haqidagi e’lonni o‘qib qolganman. Bosh sovrin uchun 15 ming AQSH dollari degan joyini o‘qib, ko‘zlarim porlab ketgan. O‘zimcha bu pulga uy sotib olish haqida rejalar tuzganman.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    “Qorabaxshi” qo‘shig‘i — Ozarbayjon yuragi deyilarkan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ishlaydigan Ochil Matjonovdan qo‘shiqni o‘rgatashini so‘raganman. O‘n ikki kun davomida konservatoriyadan ketmay, qo‘shiqni o‘rganganman. 2009-yili o‘tkazilgan mug‘om festivalida g‘olib bo‘lib, ilk katta mukofotni qo‘lga kiritganman. Toshkentga qaytganimdan keyin uy olish harakatiga tushganman. Hammasi niyatga yarasha bo‘lar ekan, o‘sha paytda 15 000 AQSH dollariga shahar markazidan ikki xonali uy berardi. Uy sotib olib, oilam bilan unga ko‘chib o‘tganmiz. Bu festival hayotimga quvonch olib kirgan. G‘olib bo‘lishimga esa onalik mehri sabab bo‘lgan, — deydi xonanda Yulduz Turdiyeva.

    “Bahodir Yo‘ldoshevdan tanbeh eshitganman”

    Yulduz Turdiyeva “Sharq taronalari”da qatnashgan yili rejissor Bahodir Yo‘ldoshevdan tanbeh eshitgani va yig‘lab yuborgan kunlarini quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — “Sharq taronalari” festivaliga tayyorgarlik bir necha oy davom etardi. Ilk marta qatnashgan yilim bir inson kelib, farzandining to‘yida ishtirok etishimni qattiq iltimos qilgan. “Yo‘q, bu yerdan ketolmayman”, deganman. Ammo u inson ham oyoq tirab turib olgan. Oxiri repititsiya bo‘lmaydigan vaqtga to‘yni to‘g‘rilab, borib kelishni reja qilganmiz. Aksiga olib, o‘sha vaqtda rejissor Bahodir Yo‘ldoshev meni izlab qolgan ekan. To‘yga ketganim haqida eshitib, rosa jahli chiqqan. Menga qattiq tanbeh berib, festivaldan ham chetlashtirmoqchi bo‘lgan. Yig‘lab vaziyatni tushuntirganim ham foyda bermagan. Faqatgina ertasi kuni “Mayli, bu senga oxirgi ogohlantirish” degan, — deydi xonanda.

    Yulduz Turdiyevaning noyob qobiliyati

    Xonanda noyob hislatli insonlar toifasiga kiradi, unda biotok kuchli bo‘lgani uchun temir jismlar uning tanasiga yopisholadi.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Bu qobiliyat hisoblanadimi- yo‘qmi, bilmayman. Qo‘l va yuzimga qoshiq va vilkalar yopishadi. Bu hislatim borligini bolaligimdayoq bilganmiz, — deydi xonanda Yulduz Turdiyeva.

    “Siz turmush o‘rtog‘ingizdan ko‘p pul topasiz”

    Yulduz Turdiyeva turmush o‘rtog‘i nega sozandalik qilmayotgani va unga nisbatan negativ fikr bildiradigan insonlarga quyidagicha javob bergan.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Ilgari to‘y va konsertlarda turmush o‘rtog‘im sozandalik qilardi. U professional va o‘z kasbini sevadigan inson edi. Ammo oila qurganimizdan keyin ma’murlik va sozandalik qilish uni biroz charchatib qo‘ydi. Shundan keyin “Ulug‘bek, siz sozandalik qilmay, yonimda bo‘lsangiz bo‘ldi”, dedim. Chunki ma’murlikning ham bosh og‘riqlari ko‘p. “Siz turmush o‘rtog‘ingizdan ko‘p pul topasiz”, deb unga nisbatan negativ fikr bildirayotganlardan ranjiyman. Chunki odamlar bilan ishlash qiyin, agar u ma’murlik qilmaganida, men bemalol qo‘shiq aytolmagan bo‘lardim, — deydi Yulduz Turdiyeva.

    11.08.2023, 17:35   Izoh (0)   25887
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerikalik xonanda Rianna ikkinchi marta ona bo‘ldi 

    11.08.2023, 14:36

    Sandra Bullok og‘ir dardga chalingan turmush o‘rtog‘iga qarash uchun karyerasida bir yil tanaffus olgani ma’lum bo‘ldi 

    10.08.2023, 20:45

    Odri Xepbyornning “Tiffanidagi nonushta” filmida kiygan ko‘ylagi auksionga qo‘yildi (foto)

    10.08.2023, 17:56

    Baletchi qizning aktrisaga aylanishi. Botir Zokirovning “qizi ekanligi” qo‘l kelgan, birinchi turmushidan omadsizlikka uchragan Ra’no Zokirova 54 yoshda (foto, vid...

    10.08.2023, 14:31

    Qalblarni titratuvchi hikoya: Margo Robbi nima sababdan onasining katta miqdordagi qarzlarini to‘lagani haqida gapirdi (foto)

    10.08.2023, 13:41

    Ganya Usmonovadan Shahzoda Muhammedovagacha — farzand kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    10.08.2023, 12:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Salom, mundial. O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya

    Sport | 6 iyun, 09:56

    Sergeli tumanidagi mebel sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 09:36

    Ravshan Ermatov: “Futbolchilar 6-iyun kuni tushgacha vatanga qaytishi kutilmoqda”

    Sport | 6 iyun, 09:26

    Temur Kapadze: “Xudoga va o‘zimizga ishonib, oldinga dadil qadam tashladik”

    Sport | 6 iyun, 08:51

    Tramp AQSHning Rossiya va Ukrainaga bosimi haqida fikr bildirdi

    Dunyo | 5 iyun, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.