Angliyalik sobiq futbolchi Alan Shirer “Tottenhem” hujumchisi Harri Keynning “Bavariya”ga o‘tishiga hazil munosabat bildirdi.
“Bo‘ldi, Harri, ketish payti keldi!”, — deb yozgan “Nyukasl”ning sobiq hujumchisi o‘z Twitter sahifasida. Shuningdek, Shirer o‘zining samolyot uchuvchisi obrazidagi suratini ham joylagan.
Eslatib o‘tamiz, Shirer 260 ta gol bilan APLning tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. “Shporlar” hujumchisi Keyn 213 ta gol bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Harri Keynga Myunxenning “Bavariya” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Nemis klubi futbolchi uchun “Tottenhem”ga 100+20 million yevro taklif qilgan. Hozirda “shporlar” prezidenti Deniel Levi Keynning Myunxenga borishini taqiqlagani xabar qilinmoqda.
Izoh (0)