Odri Xepbyornning 1961-yilda suratga olingan “Tiffanidagi nonushta” kinokartinasida kiygan pushti libosi Julien’s Auctions va Turner Classic Movies tomonidan auksionga qo‘yildi.

Auksionda hammasi bo‘lib 1400 dan ortiq Gollivud moda yodgorliklari sotiladi. Masalan, unda “Yulduzlar jangi”, “O‘zga sayyoralik”, “Temir odam” va boshqa filmlardagi rekvizitlar sotuvga qo‘yilgan.

Auksionda malika Diananing bir nechta oqshom liboslari ham namoyish etiladi. Ushbu mashhur libos, shuningdek, malika Diananing liboslari sotiladigan auksion 2023-yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Biroq auksiondagi eng mashhur narsa — Xepbyorn kiygan libos bo‘ladi, chunki u jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan.
Yuber De Jivanshi bu libosni shoyi atlas va organza matosidan o‘zining ilhom parisi Odri Xepbyorn uchun yaratgan. U zarlar, munchoqlar va tillarang applikatsiyalar bilan bezatilgan.

Uning narxi 100 000 dollardan 400 000 dollargacha bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)