Turkiya razvedka xizmatlari 10 mingga yaqin ISHID terrorchilik tashkiloti jangarilari ismlari yozilgan maʼlumotlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Sabah gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Qo‘lga kiritilgan hujjatda dunyoning turli burchaklarida joylashgan va terrorchilik hujumlarini uyushtirishga qodir 9952 nafar terrorchining tarjimayi holi, tayyorgarligi, millati, manzili va aloqa maʼlumotlari keltirilgan.
Xabar qilinishicha, bu maʼlumotlarni qo‘lga kiritish uchun AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi, Angliya razvedka xizmati va Isroil milliy razvedka xizmati ko‘p yillardan beri harakat qilib kelayotgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)