Eng qulay narxlarda Toshkentdan Milan yoki Parijga unutilmas sayohatga otlaning! Uzbekistan Airways parvozlarning kuz-qish mavsumi uchun aviachiptalar sotuvini boshladi.
Mutlaqo yangi, ilgari ko‘rilmagan va sehrli Milanni kashf eting, chunki kuz faslida Italiyaning bu shahri o‘zining barcha ranglarini boricha namoyish etadi. Sokin kuzda Uzbekistan Airways bilan Milanga sayohat qiling, nafis italyan ko‘chalarida sayr qilib, salqin ob-havodan qaynoq qahva ichib bahramand bo‘ling.
Parij romantik shahar sifatida barchaga ma’lum. Kuzgi yoki qishki ta’tilda Fransiya poytaxtining barcha romantik jabhalarini kashf eting, chunki bu shaharning yozda mavjud bo‘lmagan go‘zalligini ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat. Eng hayratlanarlisi esa Eyfel minorasini kuzda Tur Eyfel bog‘idagi oltin daraxtlar orasidan tomosha qilish mumkin.
Uzbekistan Airways’ning kuz-qish navigatsiyasi – Markaziy Osiyo qanotlarida qulay va xavfsiz tarzda sayohat qilib, Yevropaning go‘zal shaharlari bilan hamyonbop narxlarda tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir. Kuz-qish mavsumi davrida Toshkentdan Milan va Parijga parvozlar har hafta amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com saytidan, UzAirways mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)