Vazn tashlash uchun kaloriyani qabul qilishdan ko‘ra sarflash, buning uchun esa metabolizm me’yorda bo‘lishi kerak.
Jismoniy mashqlarni bajaring
Mutaxassislar ko‘p o‘tirishning chekishdan ham yomonroq ekanini aniqlagan. Harakatsizlikdan metabolizm yomonlashgani sabab ham har 45 daqiqada jismoniy faol bo‘lishga harakat qiling. Qo‘llaringizni cho‘zing, o‘tirib turing. Hech bo‘lmaganda boshqa xonaga kirib-chiqing.
Shijoat bilan mashq qiling
Moddalar almashinuvi yaxshilanishi uchun sport bilan shug‘ullanish kerak. “Uyqudagi” metabolizm uyg‘onishi uchun esa qisqa vaqt bo‘lsa ham g‘ayrat bilan ishlash kerak. Masalan, 1-2 daqiqada imkon darajasida tez sakrash kerak. Har tongda sport bilan shug‘ullaning shunda, ijobiy o‘zgarishlarni seza boshlaysiz.
Taomnomangizda, albatta, oqsil bo‘lsin
Yaxshi natija yanada tezroq kuzatilishi uchun har bir taomda oqsil bo‘lsin. Nonushtaga tuxum, tushlikka tovuq go‘shti, kechki ovqatga tvorog va tamaddiga yong‘oq iste’mol qiling. Parhezshunoslar ushbu usul moddalar almashinuvini kamida 10 foizga yaxshilashini ta’kidlaydi.
Ko‘k choy iching
Tarkibida kofein mavjudligi sabab ham ushbu ichimlikni kunning birinchi qismida ichish tavsiya qilinadi. Nonushta yoki tushlikka iste’mol qilingan ko‘k choy moddalar almashinuvini 5-7 foizga jadallashtiradi.
Qahva ichishni unutmang
Diyetologlar ozish istagida bo‘lganlarga kun davomida 2-3 finjon qahva ichishni tavsiya qiladi. Qahva tarkibidagi kofein yog‘larning tezroq erishiga hissa qo‘shadi.
O‘z vaqtida nonushta qiling
To‘g‘ri vaqtda ovqatlanilsa, moddalar almashinuvi 15 foizga jadallashadi. To‘g‘ri nonushta deb, uyg‘ongandan yarim soat o‘tib qilingan nonushtaga aytiladi. Aynan shu vaqtda organizm birinchi taom qabul qilinishiga tayyor bo‘ladi, och qolganda esa energiyani tejash uchun metabolizm sekinlashadi.
Izoh (0)