Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar haqida fikr bildirdi.
Medvedev Telegram kanalida yozishicha, “urushni tugatish istagini qoralash qiyin va BMT Nizomidagi moddalar bilan bahslashish ham o‘rinsiz, chunki suverenitetdan tashqari, xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi ham mavjud”.
Ammo Medvedevning ta’kidlashicha, barcha tinchlik takliflari uchta asosiy shart bajarilsagina, muvaffaqiyatga erishishi mumkin:
- 1. Mojaroning har ikki tomoni ishtirok etishi kerak, lekin Jiddadagi yig‘ilishda Rossiya ishtirok etmagan.
- 2. Tarixiy kontekstni hisobga olish zarur: Ukraina mamlakati 1991 yilgacha hech qachon mavjud bo‘lmagan. Bu Rossiya imperiyasining bir bo‘lagi.
- 3. Mavjud voqelikni hisobga olgan holda: Ukraina yarimparchalanish bosqichida va uning hududlarining bir qismi Rossiyaga qaytdi.
“Bu ochiq-oydin holatlarni tan olishga tayyor vositachi muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Qolganlari esa yo‘q. Biroq, muzokaralarning o‘zi hozircha kerak emas. Dushman tiz cho‘kib, rahm-shafqat so‘rashi kerak”, deb yozdi Medvedev.
Izoh (0)