• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hukumat komissiyasi “novostroyka”ga pul to‘lab kuygan fuqarolar muammosini hal etish bo‘yicha 2 ta taklifni berdi

    Bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent shahrida Aziya Invest Favorit MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadonlarning fuqarolarga sotilishi yuzasidan kelib chiqqan nizoli vaziyat qatnashchilari bilan uchrashuv o‘tkazayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Uchrashuvda jabrlangan fuqarolarning muammolarini hal etish yuzasidan Hukumat komissiyasi tomonidan Bosh prokuratura bilan hamkorlikda 2 ta holat bo‘yicha quyidagi takliflar bildirildi.

    Foto: Bosh vazir matbuot kotibi

    Birinchi holat bo‘yicha:

    • Amaldagi vaziyat: Aziya Invest Favorit MCHJ tomonidan 1 106 nafar fuqaro bilan umumiy maydoni 61 ming 766 kvadrat metr bo‘lgan xonadonni sotish bo‘yicha shartnomalar imzolangan va fuqarolar tomonidan 163,4 milliard so‘m naqd pul to‘langan.

    Bugungi kunga qadar 1 106 nafar fuqarodan 1 060 nafari Bosh prokuraturaning tergov guruhi tomonidan jabrlanuvchi sifatida so‘roq qilinib, shartnoma va to‘lov kvitansiyalarining haqqoniyligi o‘rganilgan. Qolgan 46 nafar fuqaro hali tergovchilarga kelib uchrashmagan (so‘roq qilinmagan). 1 106 nafar fuqarodan 321 tasi (29 foiz) shartnomada ko‘rsatilgan summaning 100 foizini, 202 nafari (18 foiz) 70 foizdan yuqori qismini, 298 nafar (27 foiz) fuqaro 50 foizdan – 70 foizgacha qismini, 228 nafar (21 foiz) fuqaro 30 foizdan – 50 foizgacha bo‘lgan qismini, 51 nafar (5 foiz) fuqaro 30 foizgacha bo‘lgan qismini to‘lagan. 6 nafar fuqaro umuman pul to‘lamagan.

    Muammoni hal qilish yuzasidan takliflar:

    I variant:

    Loyiha ishlari – topshiriqqa muvofiq muammoni hal qilish uchun Bektemir tumani “Iyk ota” massividan 11,4 gektar bo‘sh yer maydoni tanlandi va 1-bosqichda ushbu yer maydonining 4,4 gektariga umumiy maydoni 61 ming 766 kvadrat metr bo‘lgan 1 ming 104 xonadonli 16 ta 9 va 12 qavatli temir-beton quyma monolit tipdagi uylar qurish bo‘yicha loyiha taklifi tayyorlandi.

    Infratuzilma bilan taʼminlash – quriladigan uy-joylarning tannarxini arzonlashtirish maqsadida massivning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi va obodonlashtirish ishlarini respublika budjetidan amalga oshirish taklif etiladi.

    Shuningdek, massiv hududida mahalliy budjetdan ajratilayotgan 29 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 990 o‘rinli umumtaʼlim maktabi joriy yilda foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari ushbu massivda bog‘cha ham quriladi.

    Qurilish ishlari – mazkur hududda ko‘p qavatli uylarni qurish uchun sohadagi yirik pudrat tashkilotlarining takliflari qabul qilindi. Ular orasidan “O‘zshahar qurilish invest” kompaniyasi, “Yangi zamon” MCHJ, Gold step invest MCHJlar tanlab olindi.

    Ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, ekspertizadan o‘tkazish ishlari 2023-yil 1-oktabrga qadar yakunlanadi.

    Qurilish ishlarini loyiha ishlari bilan parallel ravishda olib borishga ruxsat berilsa 2023-yil 10-avgustdan boshlab yuboriladi va uylar 2024-yil yakuniga qadar to‘liq foydalanishga topshiriladi.

    Hukumat komissiyasiga jabrlangan fuqarolarga qurib beriladigan uy-joylarning 1 metr kvadrati narxi 6 million so‘mdan oshmasligi topshirildi.

    Qurib bitkazilgan uy-joylarni jabrlangan fuqarolarga taqsimlash:

    • avvalgi pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga asosan 100 foiz pulini to‘lagan (320 nafar) fuqarolarga beg‘araz beriladi;
    • shartnomaga asosan belgilangan mablag‘ning bir qismini to‘lagan fuqarolarga ham uy beriladi, lekin shartnomadagi xonadon maydonining to‘lanmagan qismiga har bir kvadrat metr maydon uchun qo‘shimcha tarzda to‘lov qilishadi;
    • jabrlanuvchi fuqarolar tomonidan avvalgi pudrat tashkiloti bilan tuzilgan investitsiya shartnomasiga asosan sotib olingan xonadonning umumiy kvadrat metri o‘zgargan taqdirda, uning oshgan qismi bo‘yicha har bir kvadrat metrga qurilish tannarxida qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladi.

    Pulini qaytarib olish istagida bo‘lgan fuqarolarga to‘lagan pul mablag‘lari tergov-sud jarayonlari yakunlangandan keyin pudrat tashkilotining davlat foydasiga tergov jarayonida xatlangan mol-mulklarni sotish evaziga tushgan mablag‘lar hisobidan qaytarib beriladi (tergov va sud jarayonlari muayyan vaqt olishi mumkin).

    II variant:

    Loyiha ishlari – “Iyk ota” massividan 11,6 getkar bo‘sh yer maydonida 2 ta bosqichda umumiy maydoni 226 ming kvadrat metr bo‘lgan 3 120 xonadonli 34 ta 9, 12 va 16 qavatli temir-beton quyma monolit tipdagi uylar qurish bo‘yicha loyiha taklifi tayyorlandi.

    Infratuzilma obyektlari respublika budjetidan qilib beriladi (113 milliard so‘m).

    Qurilish ishlari – “O‘zshahar qurilish invest” IK, “Yangi zamon” MCHJ, Gold step invest MCHJ tomonidan quriladi. Qurib bitkazilgan uy-joylarni jabrlangan fuqarolarga taqsimlash 1-variantdagi kabi amalga oshiriladi.

    Nazorat tizimi – uy-joy loyihasi va qurilish ishlariga qurilish va kommunal xo‘jalik vazirining o‘rinbosari Davron Odilov hamda qurilish ishlarining sifatiga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi rahbari Kozim To‘laganov masʼul bo‘ladi.

    Qurilish ishlari yakuniga yetkazilgunga qadar Hukumat komissiyasi doimiy nazorat qiladi va muammoli masalalarni hal qilib boradi.

    Ikkinchi holat bo‘yicha:

    Amaldagi vaziyat: Toshkent shahar hokimligining 2018-yil 2-oktabrdagi 1404-son qarori bilan Yashnobod tumani, Izzat ko‘chasi, 58-uy manzilida joylashgan “Suvsoz” DUKga qarashli hududdan 5,2 gektar yer maydoni 1 120 ta xonadonli 8 ta 7 qavatli uy-joylar qurish uchun Aziya Invest Favorit MCHJga ajratilgan.

    Bugungi kunda pudrat tashkiloti ajratilgan 5,2 gektar yer maydonida 1 ming 513 ta xonadonli 8 ta 7 qavatli (mansarda bilan birgalikda) uy-joylar qurilishi olib borilib, 4 tasida (3, 4, 5, 6-uylar) qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilgan.

    Qolgan 4 ta uyda (1, 2, 7, 8-uylar) qurilishi tugallanmasdan qolgan. Hozirda pudrat tashkilotining boshqa mol-mulkini sotish orqali tushgan mablag‘lar hisobidan ushbu 4 ta uyda qurilish ishlari davom ettirilmoqda (o‘rtacha 90 foizga bajarilgan).

    Yuzaga kelgan muammo:

    1 ming 513 ta xonadondan 1 ming 409 tasi bo‘yicha fuqarolar bilan investitsiya shartnomalari tuzilgan bo‘lib, atigi 260 ta fuqaroga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilgan xolos. Qolgan 1 ming 162 ta xonadon muammoli bo‘lib turibdi;

    jami 608 ta xonadon fuqarolarni xabardor qilmasdan pudrat tashkiloti rahbari X. Hatamov tomonidan o‘ziga tegishli 17 ta tadbirkorlik subyektiga 8 ta bankdan turli maqsadlarda ajratilgan 211 mlrd so‘m kredit mablag‘lari uchun garov taʼminoti sifatida qo‘yib yuborilgan.

    • Shundan, 122 ta xonadon bank balansiga olingan, 112 ta xonadon bank balansiga olinib sotib yuborilgan, qolgan 374 ta xonadon bankda garovda turibdi;
    • 133 ta xonadon 2 ta shaxs (yakka tadbirkorlar va fuqarolar) nomiga shartnoma berilib, sotib yuborilgan;
    • 72 ta xonadon soliq organlarida taqiqda bo‘lgani uchun kadastr rasmiylashtirilmagan;
    • 459 ta xonadonda qurilish ishlari yakuniga yetkazilmagan.

    Bundan oldin Aziya Invest Favorit MCHJning 34 foiziga egalik qilgan Xayrulla Hatamovga nisbatan uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Unga va oila aʼzolariga tegishli bo‘lgan 200 milliard so‘mlik mulklari xatlangan.

    05.08.2023, 12:44   Izoh (0)   13299
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida 1,3 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ko‘p qavatli uylar aniqlandi

    05.08.2023, 12:25

    Aziya Invest Favorit chuv tushirgan fuqarolarga ko‘p qavatli uylarni qurish uchun Bektemirdan yer ajratish taklif etildi

    05.08.2023, 12:06

    O‘zbekiston sudlarida taftish instansiyasi joriy etiladi

    05.08.2023, 12:05

    Toshkentda “novostroyka” bahonasida minglab odamni aldagan MCHJ rahbarining 200 mlrd so‘mlik mol-mulki xatlandi

    05.08.2023, 11:34

    Andijon davlat universiteti xodimi o‘qishga kiritish uchun 4 ming dollar olganida ushlandi

    05.08.2023, 11:25

    Toshkentda tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalari harakati cheklanishi mumkin

    05.08.2023, 11:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.