Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi tibbiyot birlashmasida ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etdi. Viloyat prokuraturasi holat tafsilotlarini ochiqladi.
Unga ko‘ra, Xatirchi tumani, “Xonaqa” mahallasida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro S.Xo‘rozova tug‘uruqdan so‘ng tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida marhumaning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza va tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Izoh (0)