Jumatdiin Idiyatullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Apparati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda respublika parlamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Idiyatullayev mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligi, Vazirlash Kengashida bir qancha lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar u Jo‘qorg‘i Kenges Apparati ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida bo‘lgan.
Shuningdek, Davranbek Davletov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi etib tayinlandi.
Bunga qadar u Jo‘qorg‘i Kenges Apparati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan oldin Nukus va Kegeyli tumanlari hokimi o‘zgargani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xususan, Nukus shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Ziyauatdin Zaytov Nukus tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Izoh (0)