O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar iqtisodiyoti bilan tanishish maqsadida 27-iyul kuni Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu tokzorni kelib ko‘rdi. Hosilni tomosha qilib, tokzor oralab yurar ekan, davlat rahbari yoshlarga va ishsiz fuqarolarga uzum parvarishini o‘rgatib, ular bilan kooperatsiya asosida uzum yetishtirish, bunga chet ellardagi yurtdoshlarimizni ham jalb etish zarurligini ta’kidladi.
Bog‘da, shuningdek, olma, gilos va o‘rik ko‘chatlari, qator oralariga tarvuz, qovun, pomidor, qalampir, bulg‘or qalampiri va boshqa sabzavotlar ekilgan. Bular ham aholi daromadi, eksportni oshirish uchun qo‘shimcha manba sanaladi.
Bog‘ yonida 2 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan sovutkichli ombor qurilgan. Bu yerda mahsulotlar saqlanib, saralanib, Turkiya va MDH mamlakatlariga eksport qilinadi. Xo‘jalik ixtiyorida 15 ta traktor va 20 milliard so‘mlik turli xildagi qishloq xo‘jaligi texnikalari xizmat ko‘rsatmoqda.
“Daryo” fotomuxbiri ushbu uzumzor manzaralarini kadrlarga muhrladi.