Moskva meri Sergey Sobyanin shaharga dron hujum qilishga uringani va u urib tushirilganini ma’lum qildi.
Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, bu “dushmanning droni” bo‘lgan.
“Tunda dushmanning droni shaharga hujum qilishga urindi, u Rossiya Mudofaa vazirligi kuchlari tomonidan urib tushirildi”, — deydi poytaxt meri.
Amaldor hodisa oqibatida hech kim jabrlanmaganini, vayronagarchiliklar bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi. Sobyanin voqeaning boshqa tafsilotlari haqida ma’lumot bermadi.
Keyinroq Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari “Moskva viloyatidagi nishonlarga hujum qilmoqchi bo‘lgan” dronni urib tushirganini ma’lum qildi.
Moskvaga so‘nggi dron hujumi
24-iyulga o‘tar kechasi Moskvaga ikkita dron hujum qildi. Dronlardan biri Rossiya Mudofaa vazirligi binosi yonida qulagan. Rossiya “Kiyev rejimi”ni teraktga urinishda ayblagan. RBK-Ukraina xabariga ko‘ra, dron hujumini Ukraina razvedkasi uyushtirgan, bu Kiyevda rasman tasdiqlanmagan.
Izoh (0)