Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yana zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Respublika milliy ma’lumotlar markaziga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Yer silkinishlari 2023-yil 27-iyul kuni Ostona vaqti bilan soat 05:52 da Shardaradan 55 kilometr janubi-sharqda va Chimkentdan 155 kilometr janubi-g‘arbda qayd etilgan. Zilzila magnitudasi 4,1 ballni tashkil etgan.
Qozog‘istondagi so‘nggi zilzila
Qo‘shni Respublikada 27-iyul kuni 4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Uning kuchi O‘zbekistonning qator hududlarida sezilgan. Zilzila episentri Toshkentdan 27 kilometr shimoliy-g‘arbda joylashgandi.
Shuningdek, 22-iyul kuni Olmaota seysmik stansiyalari yana bir zilzilani qayd etgan. Zilzila episentri Xitoyning Olmaota shahridan 299 kilometr janubda joylashgan.
Izoh (0)