“Surxon” daryosining muhofaza zonasini o‘zlashtirib olganlar 6 million 600 ming so‘m miqdorida javobgarlikka tortildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Ekologiya vazirligi Termiz tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Reyd davomida Termiz tumani “Qoraxon” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Surxon” daryosining muhofaza hududida fuqarolar CH.N. hamda X.B. tabiiy tiklanish choralarini ko‘rmasdan turib, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekayotgani aniqlangan. Bu holat daryoning muhofaza zonasi yemirilishiga olb kelayotgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 82-moddasi 2-qismi (majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar shu jumladan suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Huquqbuzarlarning har biriga 3 million 300 ming so‘mdan, jami 6 million 600 ming so‘m ma‘muriy jarima qo‘llanilgan.
Izoh (0)