• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Atom bombasining otasi”: Shov-shuvga sabab bo‘layotgan filmning asl qahramoni Robert Oppengeymer kim bo‘lgan?

    Rejissor Kristofer Nolanning “Oppengeymer” biopiki (biografik filmi) butun dunyo bo‘ylab prokatga chiqdi. 3 soat davom etadigan mazkur film haqida hozircha turli mulohazalar yangramoqda.  

    Filmning asosini tashkil etgan fizik olim, murakkab shaxsiyat egasi bo‘lgan, “Atom bombasining otasi” deya ta’rif berilgan Robert Oppengeymerning hayoti va faoliyatini quyida qisqacha eslab o‘tamiz.

    Robert Oppengeymer (o‘ngda) va uning obrazini kinoda gavdalantirgan aktyor Kilian Myorfi (chapda)

    Uchta universitet bitiruvchisi

    Bo‘lajak olim 1904-yil 22-aprelda Nyu-Yorkda yahudiy oilasida tug‘ilgan. U ilm-fanga, adabiyotga, chet tillariga qiziqadigan iqtidorli bola edi.

    Robertning oilasi Manxettenning nufuzli tumani bo‘lgan Yuqori Vest Sayddagi hashamatli kvartiralarda yashagan. Ularda uchta xizmatkor va shaxsiy haydovchi bo‘lib, uylaridagi xonalar devorlariga yevropalik rassomlarning qimmatbaho rasmlari osilgandi.

    Hashamat ichida yashaganiga qaramay, Oppengeymer kamtar va uyatchan bola bo‘lgan. 

    To‘qqiz yoshida u yunon va rim faylasuflarining asarlarini asl nusxada o‘qigan va mineralogiya bilan shug‘ullangan. U Markaziy Parkni aylanib yurar va Nyu-York Mineralogik klubiga o‘z topilmalari haqida xabar berilgan xatlar yozardi.

    Ushbu maktublarda u o‘zini shunchalik qobiliyatli ekanligini isbotladiki, klub Oppnegeymerni katta yoshdagi olim deb o‘ylab, uni ma’ruza o‘qishga taklif qilgan.

    Oppengeymer Garvard, Kembrij va Gyottingen universitetlarini tugatib, 1927-yilda fizika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. U turli oliygohlarda, jumladan Kaliforniya texnologiya institutida va Berklidagi Kaliforniya universitetida dars bergan.

    Robert Oppengeymer
    Foto: Getty Images

    “Manxetten loyihasi” va atom bombasining ilk sinovi

    1942-yilda Oppengeymer AQSH tomonidan Buyuk Britaniya va Kanada bilan birgalikda atom bombasini yaratish uchun tashkil etilgan “Manxetten loyihasi”ga qo‘shilishga taklif qilindi.

    Robert Oppengeymer qisqa vaqt ichida loyihaning ilmiy direktoriga aylandi. U atom bombasi yaratish bo‘yicha asosiy tadqiqot va ishlanmalar olib borilgan Nyu-Meksiko shtatidagi Los-Alamos shahrida laboratoriya qurish uchun mas’ul edi.

    Robert loyihaga Enriko Fermi, Niyels Bor, Richard Feynman va Edvard Teller kabi o‘sha davrning eng yaxshi fiziklarini jalb qildi va ularning ishlarini muvofiqlashtirdi. Uning rahbarligida ikki xil atom bombasi yaratildi: biri uranga asoslangan (“Bolakay”), ikkinchisi esa plutoniyga asoslangan (“Baqaloq”).

    Birinchi bomba 1945-yil 16-iyulda Nyu-Meksikodagi Trinity poligonida sinovdan o‘tkazildi. Kay Byord va Martin Shervinning “Amerika Prometeyi” biografik kitobida Robert Oppengeymerning o‘sha lahzalardagi holati quyidagicha tasvirlanadi.

    “Oppengeymerning asabi tamom bo‘lgan edi. Loyihani boshqarish davomida 3 yil ichida u 52 kilogrammga ozib ketdi. 178 sm bo‘yga ega Robert juda qiltiriq ko‘rinardi. Atom bombasi sinovdan o‘tkaziladigan kundan oldin u bor-yo‘g‘i to‘rt soat uxladi”.

    Bomba portlatilishidan oldin teskari sanoq boshlanganda u deyarli nafas olmay jarayonni kuzatgan.

    21 kilotonna quvvatga ega portlash sodir bo‘lib, qo‘ziqorin buluti osmonga ko‘tarilgach, Oppengeymer “yelkasidan tog‘ ag‘darilgandek yengil tortgan”. Portlash quvvati 160 km uzoqlikda ham sezilgani qayd etilgan.

    Muvaffaqiyatli sinovdan so‘ng Oppengeymer qadimgi hind dostoni “Bhagavadgita”dan o‘sha mashhur iqtibosni keltirdi: “Endi men dunyolarni vayron qiluvchi o‘limga aylandim”.

    1945-yilda Trinity poligonida sinovdan o‘tkazilgan yadro qurilmasi
    Foto: Getty Images

    Kommunizmga xayrixohlik va xiyonatda ayblov

    Robert Oppengeymer Yaponiyaga qarshi atom bombasini oldindan ogohlantirmasdan qo‘llashga qarshi edi va urushdan keyin atom energiyasini xalqaro nazorat qilishni yoqlab chiqdi. Biroq uning fikri inobatga olinmadi va Qo‘shma Shtatlar 1945-yil 6 va 9-avgustda Xirosima va Nagasakiga atom bombalarini tashladi. Bu 200 mingga yaqin odamning o‘limiga va 1945-yil 15-avgustda Yaponiyaning so‘zsiz taslim bo‘lishiga olib keldi. Oppengeymer o‘z ixtirosining oqibatlaridan dahshatga tushdi va keyinchalik: “Fiziklar qilgan ishlarining gunohini bilishardi”, deb aytgan.

    Urushdan keyin u Qo‘shma Shtatlardagi eng nufuzli va hurmatli olimlardan biriga aylandi. Oppengeymer yadro fani va texnologiyasini rivojlantirishni tartibga soluvchi Atom energiyasi komissiyasini boshqargan. U, shuningdek, nazariy fizika va kosmologiyani o‘rganadigan Prinstondagi Ilg‘or tadqiqotlar instituti direktori bo‘ldi.

    Oppengeymer qora tuynuklar mavjudligini bashorat qilgan va vodorod bombasini yaratish imkoniyatini o‘rgangan. Biroq, u vodorod bombasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishga qarshi chiqdi va uni o‘ta xavfli hisobladi. Bu ba’zi siyosatchilar va harbiylar tomonidan Oppengeymerga nisbatan shubha va norozilik uyg‘otdi, ular uni kommunizmga xayrixohlikda va AQSH manfaatlariga xiyonat qilishda aybladilar.

    1954-yilda Oppengeymer siyosiy ta’qibga uchradi va maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash huquqidan mahrum bo‘ldi. U AQSH Kommunistik partiyasi a’zolari, jumladan rafiqasi Kitti bilan aloqalari haqida xabar bermaganlikda ayblangan. Unga, shuningdek, vodorod bombasini ishlab chiqish jarayonini sekinlashtirish va Amerikaning yadroviy ustunligiga to‘sqinlik qilishga urinish ayblari qo‘yilgan.

    Oppengeymer barcha ayblovlarni rad etib, o‘z sha’ni va vatanparvarligini himoya qildi, lekin bu samara bermadi. O‘sha paytlar hamkasblari va do‘stlari, jumladan Albert Eynshteyn, Niyels Bor, Leo Szilard va Linus Pauling Oppengeymerni qo‘llab-quvvatlab, o‘z birdamliklarini izhor qilishdi.

    Albert Eynshteyn va Robert Oppengeymer
    Foto: Getty Images

    Kechikkan oqlov

    Faqatgina oradan 68 yil o‘tib, 2022-yilda AQSH Energetika vazirligi “atom bombasining otasi” Robert Oppengeymerga hukumatning maxfiy ma’lumotlariga kirishni taqiqlash haqidagi qarorini bekor qildi. 

    “Vaqt o‘tishi bilan Oppengeymer duch kelgan jarayonning noxolisligi va adolatsizligi haqida ko‘proq dalillar paydo bo‘ldi, shu bilan birga uning mamlakatga sodiqligi va muhabbati tasdiqlandi”, — deyiladi bayonotda.

    “Vazirlik komissiyaning vorisi sifatida Oppengeymerning tarixiy yozuvlari hamda AQSH milliy mudofaasi va ilm-faniga qo‘shgan ulkan hissasini munosib baholashi kerak edi”, — dedi Energetika vaziri Jennifer Granholm qaror bekor qilinganidan keyin.

    Umrining so‘nggi yillari

    Oppengeymer 1966-yilgacha, nafaqaga chiqqunga qadar Ilg‘or tadqiqotlar institutida ishlashda davom etdi. Shuningdek, u ma’ruzalar o‘qidi, maqola va kitoblar yozdi, turli mukofotlar va faxriy unvonlarga sazovor bo‘ldi.

    1963-yilda yadro fani va texnologiyasini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Enriko Fermi mukofoti bilan taqdirlangan. Bu uning siyosiy tiklanishining ramzi sifatida tan olingan.

    Oppengeymer 1967-yil 18-fevralda Nyu-Jersi shtatining Prinston shahrida saraton kasalligidan vafot etdi. Uning jasadi yondirilib, kullari Atlantika okeaniga sochilgan.

    Robert Oppengeymer
    Foto: Getty Images

     

    24.07.2023, 12:38   Izoh (0)   23058
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    68 yil o‘tib: AQSHda “atom bombasining otasi” Oppengeymerga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi

    18.12.2022, 22:15

    Yangi Zelandiya adliya vaziri mast holda avariya sodir etgach, iste’foga chiqdi

    24.07.2023, 12:08

    Qrimga o‘ndan ortiq dron hujum qildi. Jankoydagi o‘q-dorilar omboriga zarba berildi (video)

    24.07.2023, 11:06

    Xitoyda maktab shiftining qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

    24.07.2023, 10:32

    “Bu yerdagilar sizdan nafratlanadi”. Odessa meri rossiyaliklarga murojaat qildi

    24.07.2023, 10:03

    Moskvaga yana dronlar hujum qildi (video)

    24.07.2023, 09:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.