Surxondaryo viloyatida hokimiyat, prokuratura va ichki ishlar topshirig‘i bilan o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani aytildi. Viloyat hokimligi axborot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, 23-iyul kuni viloyatda hokimiyat, prokuratura, ichki ishlar va boshqa tashkilotlar topshirig‘i bilan o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish, taʼlim tizimiga asossiz aralashish holatlari haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur murojaatda keltirilgan holatlar viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan shaxsan nazoratga olindi va murojaatni batafsil o‘rganish, aybdorlarni aniqlash, qaysi daraja va tizimdagi rahbar bo‘lishidan qatʼiy nazar qonun doirasida chora ko‘rish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)