Afg‘onistonning Vardak viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 22-iyul kuni yuz bergan sel viloyatning beshta tumanida katta qurbonlar va talafotlarga sabab bo‘lgan. “Tolibon”ning viloyatdagi rasmiysi yuzlab turar joylar va qishloq xo‘jaligi yerlari vayron bo‘lganini aytgan.
Tabiiy hodisa oqibatida Kobul—Bomiyon avtomagistrali va Maydan Vardak tumanlaridagi ayrim yo‘llar ham to‘sib qo‘yilgan.
Kecha tunda Kobulning Arg‘andi tumanida ham kuchli yomg‘ir kuzatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sel bu tumanga ham zarar keltirgan. Yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida qurbon bo‘lganlar va yetkazilgan zararning umumiy statistikasi hozircha e’lon qilinmagan.
Izoh (0)