Turkiya janubidagi Adana viloyatida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurashish boshqarmasi Twitter’dagi sahifasida.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari Saimbeyli hududida mahalliy vaqt bilan 13:37 da qayd etilgan.
Zilzila manbai 7 km chuqurlikda joylashgani xabar qilinmoqda. Avvalroq, seysmologlar Turkiya kurortlarida zilzila xavfi yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, Turkiya Ekologiya va shaharsozlik vaziri Mehmet Ozxasekining kelasi hafta rasmiylar Istanbulni ehtimoliy zilzila uchun tayyorlashni boshlashini aytib o‘tgandi.
Izoh (0)