• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tojik va qozoqlar navbatda: Volgogradda o‘zbek migrantlar urushga chaqirilmoqda (foto)

    Rossiyaning Volgograd shahrida o‘zbekistonlik migrantlar Ukrainadagi urushga chaqirila boshlandi. Fuqarolar jamoat transporti salonlarida noodatiy plakatlarni payqadi. Bu haqda v1.ru xabar berdi.

    Foto: Ilya Vorobushkin

    Bir vaqtning o‘zida bir nechta Volgograd avtobuslarida Rossiya Qurolli kuchlariga xizmatga qabul qilish to‘g‘risidagi e’lonlar paydo bo‘lgan. Ayni damda 21 va 35-avtobus yo‘nalishlarida tashviqot e’lonlari kuzatilgan. Jamoat transporti oynasiga yopishtirilgan A4 formatdagi oq va qora varaqlarda harbiy shartnoma shartlari yozilgan.

    Foto: Vadim Shumilin / Telegram

    Oyiga 200 ming rubl (taxminan ikki ming dollardan oshadi) va’da qilingan daromaddan tashqari, xizmatga borishni istaganlar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi eslatib o‘tiladi. Biroq yo‘lovchilar e’tiborini yuqori maosh emas, balki chaqiruvning o‘ng tomonida o‘zbekcha nusxasi berilgani e’tiborni tortgan.

    Foto: Ilya Vorobushkin

    Ruscha va o‘zbekcha matnlar miqdori teng bo‘lishiga qaramay, chaqiruv matnida bir nafar harbiy xizmatchi aks etgan. U slavyan millatiga mansub. Konduktorlar e’lonlarning kelib chiqishi haqidagi savollarga javob bera olmagan.

    “Biz bu haqda bilmaymiz. Kechasi reklama yopishtirishadi. Bu plakatlar ikki haftadan beri turibdi”, — deydi transport kompaniyasi xodimlari.

    Ochiq manbalarga ko‘ra, 21-sonli avtobus yo‘nalishi “Volgograd avtobus parki” MChJ tomonidan amalga oshiriladi.

    Sirli varaqalar haqidagi savolni eshitgan kompaniya xodimlari darhol muxbirlarni ma’lum bir “VEST-SERVIS” MChJga yo‘naltirgan. E’lonlar qayerdan paydo bo‘lgani haqidagi savolga Volgograd punkti oydinlik kiritgan.

    “Bu avtobuslardan xorij fuqarolari foydalanadi. Bu reklama ular uchun. Reklamani joylashtirdik va o‘zbek tilidan boshlashga qaror qildik. Kelgusida tashviqot ishlarini boshqa tillarda: tojik, qozoq va hokazolarda olib borish rejalashtirilgan. Hozircha bunday e’lonlarni avtobuslardan boshqa joyga qo‘yish buyrug‘i bo‘lmagan”, — deyiladi munosabatda.

    O‘zbekiston fuqarolariga chet davlatlarining harbiy xizmatiga yollanish qonunan taqiqlanadi!

    O‘zbekiston fuqarolari chet davlatlarning (shu jumladan, Rossiyaning) harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollangani uchun O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154,1-moddasiga ko‘ra 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Bundan tashqari, yollanish uchun ham Jinoyat kodeksining 154-moddasida javobgarlik belgilangan. Unga ko‘ra, yollanma askar bo‘lganlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Bunday javobgarlik boshqa davlatlar (xususan, qo‘shni davlatning) Jinoyat kodekslarida ham belgilangan.

    Masalan, Tojikiston Jinoyat kodeksining 401,1-moddasiga ko‘ra 12 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi, Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 416-moddasiga ko‘ra 7 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi, Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 162,1-moddasiga ko‘ra esa 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan. O‘zbekiston fuqarolari faqat O‘zbekiston armiyasida xizmat o‘tashlari mumkin.

    21.07.2023, 19:39   Izoh (0)   22979
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Putin qasos olishi mumkin”: AQSH markaziy razvedka boshqarmasi direktori Prigojinga maslahat berdi

    21.07.2023, 19:28

    Hindistonda ro‘y berayotgan suv toshqinlari Toj Mahalga ham zarar yetkazishi mumkin

    21.07.2023, 18:46

    “Putin, jim bo‘l. Shunda senday prezidentimiz borligidan uyalmaymiz”: Girkinning hibsga olinishidan oldingi shov-shuvli bayonotlari 

    21.07.2023, 18:43

    Singapurda kabutarlarni muntazam boqib yurgan erkak jarimaga tortildi

    21.07.2023, 18:22

    Butun dunyoda besh milliardga yaqin odam ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi ma’lum qilindi

    21.07.2023, 17:28

    Putinning ashaddiy tanqidchisi Igor Strelkov Moskvada hibsga olindi. U haqida nimalar ma’lum? 

    21.07.2023, 17:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.