“Chelsi” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang faoliyatini “Marsel”da davom ettiradi.
![](/static/c63f0ab7e4d5ea0f940c8e16883cb.jpeg)
Fransuz klubi 34 yoshli futbolchining transferini e’lon qildi. Klub Obameyang bilan qancha muddatga shartnoma imzolagani hozircha aniq emas. Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, gabonlik futbolchi “Marsel” bilan 2026-yilgacha mo‘ljallangan bitim imzolagan.
Avvalroq, “Chelsi” futbolchini “Marsel”ga tekinga qo‘yib yuborishi xabar qilingandi.
Pyer-Emerik Obameyang o‘tgan mavsum APLda 15 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)