Eldor Shomurodov ushbu yozda “Roma”ni tark etishi mumkin.
28 yoshli futbolchiga “Kalyari”dan qiziqish bor. Jamoa “Roma” bilan transferni muhokama qilmoqda.
“Qizil-ko‘klar” O‘zbekiston terma jamoasi sardorini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni maqsad qilgan, deya xabar qilmoqda Janluka Di Marsio. Tomonlar kelishuvga erishishga yaqin.
O‘tgan mavsumni B Seriyada o‘tkazgan “Kalyari” pley-off bahslarida g‘alaba qozonib, bir yildan keyin A Seriyaga qaytgandi.
Shomurodov 2021-yilning yozida “Jenoa”dan “Roma”ga o‘tgandi. U 2022/23-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini “Spetsiya”da ijarada o‘tkazdi va A Seriyaning 16 o‘yinida 1 ta gol urdi.
Avvalroq Shomurodovga Rossiyaning “Spartak” klubidan qiziqish borligi xabar qilingandi.
Izoh (0)