O‘zbekistonlik MMA jangchisi Bogdan Guskov (14-2) faoliyatini UFC’da davom ettiradi.
Qator manbalarning xabar berishicha, 30 yoshli yakkakurashchi UFC bilan shartnoma imzolagan.
Guskov professional MMA’dagi g‘alabalarining barchasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan — 12 ta nokaut, 2 ta sabmishen. U so‘nggi bor 2020-yilda mag‘lubiyatga uchragan va shundan beri to‘rtta g‘alabadan iborat seriya qayd etmoqda.
Guskov UFC’da jang qiladigan oltinchi o‘zbekistonlik bo‘ladi. Bungacha ligada O‘zbekiston nomidan Mahmud Murodov, Zarrux Adashev, Liliya Shokirova, Saidyoqub Qahramonov va Nursulton Ro‘ziboyev jang qilishga ulgurgandi.
Izoh (0)