Buxoroda brakonyer Qorovulbozor tumani ekologiya boshlig‘ini ov miltig‘idan o‘q uzib, yaralagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qorovulbozor tumanida 13-iyul kuni ikki nafar fuqaro ov qilish qoidalarini qasddan buzib, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jayron kiyiklarini ovlayotgan vaqtida ularni to‘xtatmoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi xodimiga ov miltig‘idan o‘q uzib tan jarohati yetkazgan. Ekologiya xodimi olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan Qorovulbozor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 202 (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) va 219 (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi tergovi ustidan prokuror nazorati o‘rgatilgan.
Izoh (0)