YouTube videoxostingi foydalanuvchi sozlamalariga “Barqaror ovoz balandligi” deb nomlangan qo‘shimcha funksiyani qo‘shdi. Bu haqda Android Authority xabar bermoqda.
Hozircha YouTube rasman yangilik haqida e’lon qilgani yo‘q. Bu imkoniyatni birinchi bo‘lib bloger Brandon Li payqadi.
Skrinshotlarga ko‘ra, "Fondagi yorug‘lik" ostidagi sozlamalarda videolardagi ovoz balandligini avtomatik ravishda sozlash tugmasi paydo bo‘ldi. Funksiyaning mavjudligini tekshirish uchun videoni tomosha qilishda sozlamalarga o‘tishingiz kerak.
Yangilikni sinab ko‘rgan foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, bu funksiya orqali videodagi ovoz balandligini tenglashtirish, ya’ni video davomida qattiq hayqiriqlar yoki fon tovushlarining balandligini kamaytirish mumkin, shuningdek, videolardagi juda past tovushlarni ko‘tarish imkoniyati mavjud.
Izoh (0)