Misr poytaxti Qohirada 5 qavatli turar joy binosi qulab tushdi va kamida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Qutqaruvchilar Qohiraning shahar markazidan 3,2 kilometr uzoqlikdagi Hadaek al-Kubba mahallasidagi bino vayronalari ostidan kamida to‘qqiz nafar jasadni topgan. Voqea joyida vayronalar tozalanmoqda, omon qolganlar qidirilmoqda. Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Uyning qulashi sabablari esa hali aniqlanmagan.
Binolarning qulashi Misrda tez-tez uchrab turadi, sifatsiz qurilish va texnik ta’mirlashning yetishmasligi xarobalar, qashshoq shaharlar va qishloq joylarida keng tarqalgan. Xususan, 26-iyun kuni Misrning Iskandariya shahrida 13 qavatli turar joy binosi qulab tushgandi. Qulashga bino strukturasidagi “vertikal bo‘linish” sabab bo‘lgan, hozirda tafsilotlarni aniqlash uchun prokuratura tomonidan tergov olib borilmoqda.

Izoh (0)