Ijtimoiy tarmoqlarda optik illyuziyalarga ega ko‘plab rasmlar mavjud. Ularning barchasi bizni o‘yga toldiradi va o‘z hissiyotlarimizga shubha bilan qarashga majbur qiladi. Yaqinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini yangi optik effekt — raqam yashiringan oq-qora fotosurat o‘ziga tortdi.
Suratni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri joylashtirgan. U o‘z postida suratda nimani ko‘ryapsiz, deb savol qoldirgan.
Illyuziya haqidagi post bir kun ichida 28 mingdan ortiq ko‘rildi va ko‘rishlar soni o‘sishda davom etmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari optik illyuziyani filtrli qopqoq yoki kabel ulagich kabi kundalik narsalar bilan solishtirgan. Uzoq vaqt davomida suratga qarab turgan foydalanuvchilar bosh og‘rig‘iga duch kelgan.
Foydalanuvchilar: “Raqamni qayerda ko‘rdingiz? Men 6 qirrali yulduzni ko‘ryapman”, “Telefonni ko‘zimdan uzoqlashtirganimda ikki raqamini ko‘rdim ”, “Menda migren boshlandi”, — deb izoh qoldirgan.
Izoh (0)