Janubiy Koreyaning LG Electronics kompaniyasi dunyodagi birinchi simsiz televizor OLED TV Signature M’ni taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net” nashri.
LG kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 246 santimetrli OLED televizori 4K piksellar soni va 120 Gts yangilanish tezligiga ega video, audiosignallarni simsiz uzatuvchi Zero Connect uzatgichi bilan sotiladi.
Qayd etilishicha, bu uzatuvchi o‘n metrgacha masofada joylashtiriladigan qutichaga o‘xshaydi va ma’lumotlarni muammosiz uzata oladi.
Shuningdek, kompaniya vakillari ma’lumotlarni uzatishdagi xatolar yoki uzilishlarni minimallashtirish va eng yaxshi signal yo‘lini aniqlashga yordam beradigan algoritmni ishlab chiqqanini aytgan.
LG kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Signature M’ni ishlab chiqish kompaniyaning OLED texnologiyasi va u yillar davomida to‘plagan nou-xau yordamida amalga oshirilgan.
Qayd etish kerakki, bu televizor LG kompaniyasining 2016-yilda birinchisini taqdim etgan Signature OLED’ning beshinchisi hisoblanadi. 2020-yilda Signature OLED R sotuvga chiqarildi, bu dunyodagi birinchi yig‘ish mumkin bo‘lgan televizor hisoblanadi.
Izoh (0)