Namangan viloyatida fuqarolar uchayotgan osma kanat harakat vaqtida to‘xtab qolib fuqarolar unda qolib ketdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga asosan qutqaruvchilar tomonidan osma kanat ishchi xodimlariga arqondan foydalanish yuzasidan qo‘shimcha yo‘riqnomalar berilgan. Yuqoridagi holatda fuqarolar kanatda uchayotgan vaqtda to‘xtab qolganligi va kanat ishchi xodimlari tomonidan arqon orqali tushirib olingani aniqlandi.
Hozirda har 4 ta maskanga Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar bo‘limlari bilan hamkorlikda kunlik navbatchilik tashkil etilgan. Bundan tashqari, ishchi guruh tomonidan ushbu hududda joylashgan 4 ta xususiy tadbirkorlarga qarashli osma kanat va boshqa attraksionlarda o‘rganishlar olib borildi, o‘rganishlar yakuni bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga topshirildi.
Izoh (0)