Qozog‘istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Ostona va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

3-iyul kuni soat 01:55 da bortida 180 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Aeroportda yangi yo‘nalish ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ostona—Toshkent—Ostona yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — dushanba va chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, aviakompaniya yaqin kelajakda parvozlar xaritasini Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘laydigan yangi yo‘nalishlar bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
FlyArystan Qozog‘istonning loukoster aviatashuvchisi bo‘lib, shtab-kvartirasi Olmaotada joylashgan. Kompaniya Qozog‘istondagi eng yirik Air Astana aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.
Izoh (0)