Qarshi shahrining sobiq prokurori Aktam Navro‘zov Qarshi tumani hokimligida ish boshladi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, sobiq prokuror hokimlikda yurist sifatida ish boshlagan.
“Navro‘zov Aktam Shermatovich tuman hokimligi bosh yuristkonsulti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi”, — deyiladi hokimlik axborotida.
Aniqlashtirilishicha, Aktam Navro‘zov 1974-yil viloyatning Kasbi tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 1996-yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2016-yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslari tinglovchisi bo‘lgan. 2018—2022-yillarda Qarshi shahar prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
- Aktam Navro‘zov jamoatchilikka tadbirkorga tegishli kompyuterni tepib sindirishda, uning mijozlarini jinoyatchidek qo‘lini qayirib, sudrab olib chiqib ketishda ayblanishi bilan tanilgandi.
- Mazkur holatga munosabat bildirgan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning OAV so‘roviga javoban prokuror ishi o‘rganilayotganini maʼlum qilgandi.
- Keyinchalik Bosh prokuratura Qarshi shahar prokurorining noutbuk sindirganini rad etgandi.
- Ammo aybdor topiladi degandi. Biroq, keyinchalik zo‘ravon topilgan yoki topilmagani haqida jamoatchilikka maʼlum qilinmagandi.
Izoh (0)