O‘zbekistonda 84,8 foiz uy xo‘jaliklari hovlida yashaydi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Statistika agentligi respublikadagi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlarini taqdim etdi. O‘rganishlarga ko‘ra, 2022-yilda mamlakatda uy xo‘jaliklarining 84,8 foizi alohida uyda (xususiy hovli) yashashi aniqlangan. Qolgan 14,4 foiz uy xo‘jaliklari ko‘p qavatli uylarda, 0,8 foizi esa boshqa turdagi uy-joylarda istiqomat qiladi.
Agentlik maʼlumotlarida 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar soni 1 million 464 ming 500 tani tashkil etgani keltirilgan. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 62,1 mingtaga oshgan. Respublikada “dom”lardagi eng ko‘p kvartiralar Toshkent shahrida (527,9 mingta), keyin Toshkent (164 mingta) va Farg‘ona viloyatlarida (125,3 mingta) qurilgan.
Izoh (0)