Kamqonlikdan aziyat chekyapsizmi? Uning go‘zalligingizga ta’siri siyrak sochlar ko‘rinishida va nihoyatda rangparlik bilan namoyon bo‘lyaptimi? The Voice Mag nashri hech qanday dori-darmonlarsiz gemoglobin darajasini tezda oshiradigan usul bilan o‘rtoqlashdi.
Organizmdagi temir tanqisligi nafaqat sog‘lig‘imizni yomonlashtiradi, balki tashqi ko‘rinishimizga ham salbiy ta’sir qiladi.
Qonda ushbu elementning yetishmasligi tufayli sochlar ko‘p to‘kiladi, tirnoqlar sinadi va mo‘rtlashadi.
Agar siz allaqachon tibbiy testlardan o‘tib, anemiya borligini bilgan bo‘lsangiz, ferritin darajasini oshirish uchun qimmat dori-darmonlarni sotib olishga shoshilmang. Xalqona davo choralari xuddi shu vazifani a’lo darajada bajara oladi — ayrim hollarda u ba’zi farmatsevtik preparatlarga qaraganda 2 barobar samaraliroq ishlaydi.
Biz odatdagi petrushka sharbati haqida so‘z yuritamiz, uni uy sharoitida osongina tayyorlash mumkin. Internetdagi sharhlarga ko‘ra, kuniga atigi 300-400 ml yashil kokteyl mo‘jizalar yarata oladi: bu miqdor, odatda, insonning kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli.
Petrushka sharbatini qanday tayyorlash kerak:
- bir bog‘ petrushkani suv bilan yaxshilab yuving;
- ko‘katlarni sovuq suvda 30 daqiqa davomida bo‘ktirib qo‘ying;
- petrushkani bir necha qismga bo‘ling;
- blenderga solib, birxil massa hosil bo‘lgunicha maydalang;
- tayyor aralashmani doka yordamida suzib, yaxshilab siqib oling;
- hosil bo‘lgan sharbatni suv bilan suyultiring;
- kun davomida 300-400 ml iching.
Izoh (0)