So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Karyera

    “Har kim boy bo‘lishi mumkin”: Hind milliarderining hayotingizni o‘zgartirib yuboradigan 5 ta siri

    2 iyul, 21:59 12036

    Kambag‘al immigrant oilasida tug‘ilgan Naval Ravikant — Uber, Twitter investori va “investitsiya tinderi”ning yaratuvchisi 15 yoshida hind taomlarini yetkazib beruvchi noqonuniy ovqatlanish xizmatida ishlay boshlaydi.

    Bugun u milliarder va Silikon vodiysidagi eng mashhur odamlardan biri. “Ayni shu joyda va hozir yasha” filmida Naval Ravikant har qanday odam boylikka erishishi mumkinligini isbotlovchi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi. Keling, ulardan ba’zilari haqida gaplashamiz.

    Naval Ravikant
    Foto: Shutterstock

    Pul topish bu — mahorat. Buni o‘rganish mumkin

    “Agar barcha pullarimni yo‘qotib qo‘ysam-u, siz meni ingliz tilida so‘zlashadigan istalgan mamlakatdagi tasodifiy ko‘chaga tashlab qo‘ysangiz, 5-10 yildan keyin yana boyib ketaman. Chunki bu men o‘zlashtirgan ko‘nikmalar to‘plami. Bu har kim o‘rganishi mumkin bo‘lgan narsa”, — deydi Naval Ravikant.

    Milliarder har kim boy bo‘lishni o‘rganishi mumkinligiga ishonchi komil. Buning uchun qattiq ishlash shart emas. Boy bo‘lish uchun nima qilish kerakligini tushunish muhim. Boshqalar kabi emas, balki tizimga qarshi suzishni o‘rganing va har bir qadamingizni tahlil qiling.

    Pulni emas, boylikni izlang

    Pul va boylik o‘rtasidagi farq nima? Boylik uxlayotganingizda yoki dam olganingizda ham pul ishlashingizga yordam beradi. Bular siz uchun ishlaydigan aktivlar. Pulni emas, boylikni qidiring.

    Ishchi bo‘lib boyib bo‘lmaydi. Chunki siz o‘zingizni va vaqtingizni ijaraga olyapsiz. Moliyaviy erkinlikni passiv daromad bilan birga olish mumkin. Haqiqiy boy shifokor xususiy klinika ochadi, sartarosh esa o‘zining go‘zallik salonini ochadi. O‘zingiz uchun kapital toping — biznesning bir qismi va ishchi bo‘lib pul topishni to‘xtating.

    Foto: Shutterstock

    Jamiyatga ular xohlaydigan narsani bering

    Stiv Jobs birinchi bo‘lib odamlarga smartfonlar — telefonlar emas, balki chiroyli va ishlatish uchun qulay bo‘lgan kichik cho‘ntak kompyuterlari kerakligini tushundi.

    Jamiyatga nima kerakligini taxmin qilsangiz, siz ham boyib ketishingiz mumkin. Va o‘zingizning muvaffaqiyatli g‘oyangizni yoki mahsulotingizni kengaytira olasiz. Odamlarga nima berishingiz mumkinligini o‘ylab ko‘ring va bunga e’tiboringizni qarating.

    O‘zingizga yoqadigan va erishish mumkin bo‘lgan ishni qiling

    Bolalik va o‘smirlik chog‘ingizda hech qanday qiyinchiliksiz va katta zavq bilan nima qilganingizni eslang. Siz buni mahorat deb hisoblamasligingiz ham mumkin. Ammo atrofdagilar qobiliyatingizni payqashadi. Bu har qanday narsa bo‘lishi mumkin. Misol uchun, gitara chalishni osonlik bilan o‘rgangansiz. Kimdir epchillik bilan stol o‘yinlarida hammani mag‘lub etadi. Kimdir ilmiy fantastikani yaxshi ko‘rardi va o‘zining kitobini yozdi. Kimdir jurnalist bo‘lishni orzu qiladi.

    Ota-onangiz yoki bolalikdagi eng yaqin do‘stingiz bilan gaplashib, qaysi ko‘nikmalarni osongina o‘zlashtirishingiz, o‘zingizning noyob va yaxshi haq to‘lanadigan bilimingizga aylanishingiz mumkinligini aniqlang.

    Foto: Shutterstock

    O‘rganishdan to‘xtamang

    Ilgari bir necha yil davomida universitetda ma’ruzalarga borish shart edi. Ammo hozir dunyo juda tez o‘zgarmoqda. O‘qishni bitirguningizcha bilimlar eskiradi. Boy bo‘lishga yordam beradigan eng muhim mahorat bu — doimiy o‘qishga tayyorlik.

    Sotishni o‘rganing. Yaratishni o‘rganing. O‘rganishni o‘rganing. Hech qachon rivojlanishdan to‘xtamang. Qilayotgan ishingizda dunyodagi eng yaxshisi bo‘ling. Mikroiqtisodiyot, o‘yin nazariyasi, psixologiya, ishontirish, etika, matematika va kompyuterni o‘rganing.

    Bir necha oy ichida yangi kasbni o‘rganing. Bir necha yil ichida u eskiradi. Ammo bu yillarni unumli o‘tkazsangiz, boyib ketishingiz mumkin.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Mavzuga doir

    Keksaygan Blum, ona bo‘lgan Naytli, sudlashgan Depp: “Karib dengizi qaroqchilari” yulduzlari 20 yilda qanchalik o‘zgardi?

    1 iyul, 12:55

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tolibon” o‘qituvchilarning soqoli yo‘qligi uchun ikkita maktabni yopdi

    Bugun, 12:08

    AquathermTashkent 2023 ko‘rgazmasida AKFA Group radiatorlarning dizaynerlik qatorini taqdim etadi

    Bugun, 12:00
    Reklama

    Magniy tanqisligi va noto‘g‘ri ovqatlanish: Tez charchab qolishning asosiy sabablari

    Bugun, 11:56

    Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar yil oxirigacha boshlanadi — Politico

    Bugun, 11:34

    Namangan viloyatining sobiq hokimi To‘lqin Jabborov 73 yoshda vafot etdi

    Bugun, 11:26

    O‘zbekistondagi banklardan biriga bank operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi

    Bugun, 11:24

    Toshkentda Alfraganus universiteti tashabbusi bilan xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda

    Bugun, 10:30
    Reklama

    Teatrda suflyorlikdan aktyorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan va 40 yoshdan keyin omadi kulgan Farhod Abdullayev 66 yoshda (foto)

    Bugun, 10:54

    O‘zbekistonda mayning faoliyatini quyosh energiyasi bilan amalga oshirish belgilandi

    Bugun, 10:52

    Venetsiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchrab, yonib ketdi (video)

    Bugun, 10:44

    “Bavariya” YCHL guruh bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 36 taga yetkazdi

    Bugun, 10:25

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistondagi banklardan biriga bank operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi

    11:00 / 04.10.2023

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.