“Tolibon” harakatining Lag‘mon viloyatidagi 60 yoshli gubernatori 18 yoshli qizga uylandi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Gubernator Zaynul Abdin 18 yoshli qizga ikki million 285 ming afg‘oni (26 726 dollar) to‘lab uylangan. “Tolibon” amaldorining nikoh marosimi o‘tgan juma kuni (30-iyun) Lag‘mon viloyatining hokimiyat binosida o‘tkazilgan.
“Tolibon” vakili qizning otasiga 800 ming afg‘oni (9357 dollar) va Sulton G‘ozi Bobo shahridan bir parcha yer sovg‘a qilgan. To‘yning narxi esa ikki million afg‘onidan (taxminan 23 400 dollar) oshgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Zaynul Abdin yosh rafiqasi uchun bir million afg‘oniga (11 700 dollar) tilla sotib olgan.
Afg‘onistonda majburiy nikoh taqiqlangan
Taqiq asosida Qunduz viloyatining Imom Sohib tumanida 50 yoshli erkakning 12 yoshli qizni majburan nikohiga olishiga ruxsat berilmagan. “Tolibon” taqiqqa rioya qilmaganlar qonuniy javobgarlikka tortilishini ma’lum qiladi.
Izoh (0)