Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining qoldirilgan 8-turida “Qizilqum” va “Bunyodkor” jamoalari 30-iyun, juma kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 38-daqiqasida Islom Kenjaboyev hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Islomjon Toshpo‘latov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va “Qizilqum” g‘alaba qozondi.
Navoiyliklar ochkolari sonini 10 taga yetkazib, 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Bunyodkor” esa 16 ochko bilan 8-pog‘onani band etgan.
Superliga
8-tur bahsi
30-iyun, juma
“Qizilqum” – “Bunyodkor” 2:0
Gollar: 1:0 — 38 Islom Kenjaboyev, 2:0 — 53 Islomjon Toshpo‘latov (penalti)
“Qizilqum”: 35. Javohir Ilyosov, 5. Samandar Shukurillayev, 10. Islom Kenjaboyev, 11. Jasur Xolto‘rayev (4. Ilhomjon Vahobov, 73), 13. Nikolay Tarasov, 23. Sherali Jo‘rayev, 24. Ifeani Ifeani, 25. Azizbek Usmonov, 30. Islomjon Toshpo‘latov (6. Murodbek Rahmatov, 82), 79. Diyor Rahmatilloyev, 87. Alisher Sanoyev.
“Bunyodkor”: 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Aleksey Nosko, 4. Davronjon Ergashev (7. Akbar Ismatullayev, 46), 5. Jasurbek Yoqubov (14. Ahmadjon Anvarov, 58), 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 8. Shohruh Abdurahmonov (3. Mahmud Mahamadjonov, 58), 10. Rasul Yo‘ldoshev (37. Muhammadodil Qahramonov, 76), 22. Usmonali Ismonaliyev, 33. Doniyor Abdumannopov (99. Umidbek Sultonov, 75), 34. Suhrob Izzatov, 88. Jahongir O‘rozov.
Izoh (0)