“Chelsi” futbolchisi Kay Haverts faoliyatini “Arsenal”da davom ettiradi.
“Kanonirlar” germaniyalik futbolchilar bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Biroq, Kay londonliklar bilan qancha muddatga bitim imzolagani oshkor etilmadi. Avvalroq, shartnoma 2028-yilgacha bo‘lishi xabar qilingandi.
Futbolchining transfer narxi — 60+5 million funt.
Haverts “Arsenal” safida 29-raqamda harakat qiladi.
Kay Haverts 2020-yil kuzida “Chelsi” safiga kelib qo‘shilgandi. Futbolchi “aristokratlar” safida 139 o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)