Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi rasmiy musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Srechko Katanes shogirdlari sentabr oyidagi FIFA kunlarida Bolgariyaga qarshi uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgandi. Biroq, murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, terma jamoa Amerika Qo‘shma Shtatlarida yig‘in o‘tkazadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi yig‘in doirasida 9-sentabr kuni FIFA reytingida 11-o‘rinni egallab turgan AQSh milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar CAFA Nations Cup—2023 turniri finaliga qadar yetib borib, hal qiluvchi bahsda Eronga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Izoh (0)