Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvda ta’limga oid rejalar haqida ma’lumot berdi.
“Kelgusi yetti yilda viloyatdagi oilalarning maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoji 100 foizga to‘liq qoplanadi. Shu maqsadda, viloyatdagi barcha mahallalarda jami 310 ta davlat va xususiy bog‘chalar tashkil etiladi. Bunga barcha manbalar hisobidan 1,5 trillion so‘m yo‘naltiriladi”, — dedi nomzod.
Bundan tashqari, 2030-yilga qadar yangi maktablar barpo etish va mavjudlarining quvvatini oshirish hisobiga, qo‘shimcha 40 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
“Natijada, viloyatda 30 nafardan ko‘p bola ta’lim oladigan birorta sinf qolmaydi. Viloyatdagi barcha maktablar zamonaviy kompyuter sinflari va o‘quv laboratoriyalari bilan ta’minlanadi.
Navoiyning iqlimini hisobga olgan holda, barcha bog‘cha va maktablar filtrlangan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)