O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev avtomobilsozlikka oid ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:
“Bir raqamga e’tibor qiling: Asaka tumanidagi sanoat ishlab chiqarish hajmlari respublikaning 9 ta viloyati sanoatidan yuqori.
Biz avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha 1 milliard dollar investisiya kiritamiz. Bu orqali, kelgusi ikki yilda avtomobil ishlab chiqarishni hozirgi 300 ming donadan 500 ming donaga olib chiqamiz”, — dedi nomzod.
Shavkat Mirziyoyev 2030-yilga qadar yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqarishga erishilishini aytdi.
“Shuningdek, Asakada 13 ta korxona ishtirokida yirik mashinasozlik klasteri tashkil etilmoqda”, – dedi nomzod.
Izoh (0)