2023-yil 2-iyundan boshlab Qirg‘iziston hududida MDH mamlakatlarida davlatlararo qidiruvga berilgan shaxslarning yuzini aniqlash tizimi ishga tushirildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Faoliyat boshlanganidan buyon va 12-iyun holatiga ko‘ra yuzni tanish funksiyasiga ega tashqi videokuzatuv kameralari yordamida allaqachon qidiruvga berilgan 57 kishi aniqlangan.
Qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilarning davlatlararo qidiruvga berilgan maʼlumotlari yuzni tanish tizimiga yuklangan. Rossiya huquq-tartibot idoralari davlatlararo qidiruvda bo‘lgan 85 mingdan ortiq shaxs haqida maʼlumot bergan.
O‘n kun ichida Qirg‘iziston ichki ishlar organlari MDH davlatlarida qidiruvda bo‘lgan 57 nafar shaxsni aniqlab, eʼlon qilgan. Ularning barchasi tashqi videokuzatuv kameralari yordamida qayd etilgan.
Xorijiy davlatlar, jumladan, Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 4 nafar shaxs qo‘lga olingan. Ular orasida qotillikka suiqasd, ekstremistik jinoyatlar, bezorilik, hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatlar uchun qidiruvga berilganlar ham bor. Qidiruvda bo‘lgan shaxslarning ayrimlari 8-9 yil avval qidiruvga berilgan.
Izoh (0)