Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida selfi tushmoqchi bo‘lgan erkak daryoda cho’kib ketdi. Bu haqda Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, 24.kg xabar berdi.
10-iyun kuni bir necha oila Itagar yayloviga (Bishkek—O‘sh yo‘li yaqinida) dam olishga kelgan. Daryo qirg‘og‘ida suratga tushayotgan 1983-yilda tug‘ilgan O.T. qoqilib, suvga tushib ketgan. Uni besh nafar qutqaruvchi qidirgan. Biroq qorong‘i tushgach, qidiruv ishlari to‘xtatilgan.
11-iyun kuni ertalab soat 9:30 da jasad suvdan olib chiqilib, ichki ishlar organlariga topshirilgan.
Izoh (0)