Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida joylagan videomurojaatida, agar kerak bo‘lsa, Ukraina Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam berishga tayyorligini aytdi.
10-iyun shanba kuni Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Kiyevga tashrif buyurdi va u yerda Zelenskiy bilan uchrashdi.
“Katta miqyosdagi o‘rmon yong‘inlari, ulkan tabiiy yo‘qotishlar, odamlarga tahdid... Agar Kanadaga shunday xalqaro yordam kerak bo‘lsa, Ukraina yong‘inlarni o‘chirishda yordam berishga tayyor”, — dedi Ukraina prezidenti.
So‘nggi bir necha haftadan beri Kanada bo‘ylab o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Ular bir vaqtning o'zida mamlakatning bir nechta hududlarini qamrab olgan, seshanba kunigacha 400 dan ortiq yong‘in qayd etilgan, ularning 200 dan ortig‘i hali nazoratga olinmagan. Kanada qurolli kuchlari yong‘inni o‘chirishda ishtirok etmoqda, seshanba kuni hukumat o‘rmon yong‘inlari qurbonlariga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ilishini e’lon qildi.
Izoh (0)