Futbol bo‘yicha Navoiyning “Qizilqum” jamoasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi.
Shu paytgacha jamoa bosh direktori vazifasini bajarib kelayotgan Alisher Xoliqov o‘rniga Ergashev Amin Abdurasulovich tayinlandi. Bu haqida navoiyliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.
Alisher Xoliqov esa endilikda jamoaning sport direktori lavozimida, shu vaqtga qadar ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Vohid Shodiyev esa texnik direktor lavozimida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
Qayd etib o‘tish joiz, Amin Ergashev 1986-yilda Navoiy viloyatining Karmana tumanida tavallud topgan. Ergashev shu vaqtga qadar sportning MMA (aralash yakkakurash) turi bo‘yicha faoliyat olib borgan. Bir nechta janglarda g‘alaba qozonib, turli kamarlarni qo‘lga kiritgan.
“Qizilqum” jamoasi Superliganing ortda qolgan 12-turidan so‘ng 6 ochko jamg‘arib, 13-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)