“Barselona” yozda bir necha futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor.
Kataloniyaliklar Ansu Fati, Frank Kessie va Ferran Torres bilan xayrlashmoqchi, deya xabar beradi AS. Yaqin orada klub sport direktori Mateu Alemani futbolchilarga transferga qo‘yilayotganini xabar qiladi.
Kessie “Barselona”ni tark etishga tayyor. Fati va Torres esa ketishni xohlamayapti. Agent Jorje Mendesh Ansuga ketish eng yaxshi qaror bo‘lishiga ishontirmoqchi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavining shaxsan o‘zi Fatiga qo‘ng‘iroq qilib, uning transferi borasida suhbatlashish istagida.
“Ko‘k-anorranglilar” yozda jamoada jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi. Shu sababdan, o‘yinchilar transferga qo‘yilib, ularning o‘rnini yangi futbolchilar bilan to‘ldirish rejasi tuzib chiqilgan.
Izoh (0)