Samarqandda to‘rt nafar yigit ko‘p qavatli uyning derazasidan tushib ketgan qizchaning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1-iyun kuni Samarqanddagi maktablardan birining 11-sinfini bitirayotgan 4 nafar yigit sayr qilib yurishganda ko‘p qavatli uyning 4-qavatida boshi panjara orasiga tiqilib, tanasi havoda osilib turgan kichkina qizchani ko‘rib qolgan.
O‘quvchilardan biri darhol qizaloqning ota-onasiga xabar berish uchun kvartira tomon yugurgan. Qolganlari qizaloq osilib qolgan balkon ostida uni tutib qolish uchun qo‘llarini uzatib turgan.
Yigitlardan biri zinapoyadan yugurib chiqayotgan paytda, qizaloq pastga tushib ketgan. Yigitlar uni tutib olgan va qizcha omon qolgan.
Aniqlanishicha, onasi uy ishlari bilan ovora bo‘lgan paytda qizcha balkonga chiqib ketgan.
Izoh (0)