Instagram ijtimoiy tarmog‘i maslahat beruvchi va foydalanuvchilarning savollariga javob qaytaradigan sun’iy intellektga ega chat-botni ishlab chiqmoqda. Bu haqda chat-botga kirish huquqini qo‘lga kiritgan muhandislardan biri xabar berdi.
Chat-bot sozlamalarida 30 ta xarakterdan birini tanlash mumkin bo‘ladi, shuningdek, u fotosuratlar uchun tagso‘zlar yozish va chatlarda foydalanuvchilar bilan muloqot qilishda yordam bera oladi.
Bu funksiya qachon barcha foydalanuvchilarga taqdim etilishi noma’lum. 2023-yil fevralida Meta bosh direktori Mark Sukerberg kompaniya o‘z xizmatlari uchun sun’iy intellekt algoritmlarini ishlab chiqayotganini e’lon qilgandi.
Bloomberg avvalroq Instagram iyun oyida Twitter uslubidagi matn ilovasini ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi. Yangi xizmatda xabarlar lentasi paydo bo‘lishi mumkin, matn yozish esa 500 belgi bilan cheklanadi. Shuningdek, foydalanuvchilar havola, fotosurat va videolarni ulashishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)